BIZ HAQIMIZDA

O`quv markazi haqida qisqacha ma’lumotnoma

2010
yildan buyon
30+
malakali o’qituvchilar
2500+
talaba bo’lganlar
120+
hozirda o’qiyotganlar

Biz haqimizda

Bizning o’quv markazimizda abiturientlar uchun barcha ilmiy yo’nalishlar bo’yicha oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayorlash kurslari mavjud. Oliy o’quv yurtiga kirishni hohlagan abiturient o’zining tanlagan oliygohi bo’yicha ilmiy yo’nalishini aniqlashi va bu orqali o’ziga kerakli bo’lgan predmetlar bo’yicha kurslarni tanlashi lozim. Kirish imtihonlarida yuqori bal yig’ish uchun ilmiy yo’nalishdagi barcha predmetlar bo’yicha kurslarda ishtirok etish tavsiya etiladi.
Tanlangan predmetlar ichida kirish imtihoni vaqtida eng yuqori bal beruvchi predmet bo’yicha mashg’ulotlarni ertaroq boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu bilan siz ozingiz uchun kirish imtihonlarida ko’proq bal yig’ish imkoniyatiga ega bo’lasiz, bu esa o’z navbatida imtihondan o’tish imkoniyatingizni yanada oshiradi. Quyida keltirilgan jadvaldan siz o’quv markazdagi barcha kurslar bo’yisha batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Agarda yana ham savollaringiz bo’lsa, markaz menedjerlariga bemalol murojat qilishingiz yoki qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

Bizning faoliyatimiz

O’quv markazimizda barcha ilmiy yo’nalishlar bo’yicha kurslar mavjud bo’lib, agarda siz ishtirok etishni hohlagan predmetlar bo’yicha guruhlarda bo’sh o’rinlar qolmagan bo’lsa, markaz ma’muriyatiga ushbu holat bo’yicha ma’lumot bering. Buning natijasida qisqa muddatlar ichida siz uchun yangi o’quv gurihi tuzilishi va bu haqda sizga ma’lum qilinadi. Tanlagan kurslar bo’yicha o’zingizga qulay vaqtlarni belgilab oling. Agarga kurslar jadvalida siz uchun mos keladigan vaqt mavjud bo’lmasa, unda guruhda emas balki individual shug’ullanish imkoniyatingiz ham bor. Individual kurslar tashkil etish, vaqtlarini va to’lov qiymatini belgilash alohida kelishib olinadi. Markazda yaratilgan bir qator qulayliklar bilan birga alohida o’rtanilgan tartiblair ham bor.
Shulardan biri sifatida sababsiz 3 marta darslarni qoldirgan tinglovchilar markazdan chetlatilishi belgilangan. Buni ham yodda tutish lozim. Ta’lim olish jarayoniga jiddiy yondashish kerak. Shundagina mehnatingizning samarasi bo’ladi.